Amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson «Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazida qurilayotgan Gardens Residence turar joy majmuasidan o`ziga uy sotib oldi. Bu haqda bino developer kompaniyasiga asoslanib «Xalq so`zi» xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, mutlaq vazn toifasining sobiq chempioni 2020 yil boshiga qadar qurib bitkazilishi kutilayotgan apartamentdan xarid qilgan. Mazkur uy premium klassdagi hashamatga ega bo`lishi aytilmoqda.
Toshkentda «Taysonga qo`shni bo`lishni istaysizmi?» yozuvi tushirilgan reklamalar paydo bo`lgan edi. Kompaniya vakili bu shunchaki aytilgan gap emasligini bildirgan.






