“TurStat” analitik agentligi kuz mavsumida sayohat uchun MDH hududidagi eng yaxshi shaharlar reytingini e`lon qildi.
Kuzgi sayyohlar kelishi reytingida Minsk, Ostona va Boku shaharlari etakchilik qilmoqda.
MDH davlatlaridagi eng yaxshi shaharlar o`ntaligidan Minsk, Ostona, Boku, Toshkent, Olmaota, Bishkek, Kishinyov, Dushanbe va Ashxobod kabilar o`rin olgan.
Agentlik ma`lumotiga ko`ra, MDH mamlakatlariga kuz mavsumida sayyohlar qisqa muddatli tashrif bilan keladi.






