AsosiyDunyo

AQShda 930 mingga yaqin odam elektr quvvatisiz qoldi

'AQShda 930 mingga yaqin odam elektr quvvatisiz qoldi'ning rasmi

AQShda "Florens" dovuli ko`plab vayronagarchiliklarga sabab bo`lmoqda, deb xabar berdi Mixstuff nashri.

Hozirda tabiiy ofat qurbonlari soni etti kishiga etdi. So`nggi ma`lumotlarga qaraganda, AQShdagi 930 mingga yaqin odam elektrsiz qolgan. Reuters axborot agentligining xabar berishicha, suv toshqini Janubiy va Shimoliy Karolina hududini butunlay egallab oldi. AQSh milliy gvardiyasining o`ng mingga yaqin harbiy xizmatchisi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish uchun safarbar qilingan.Ayni paytga kelib shamol tezligi soatiga 110 kilometrni tashkil etmoqda.

    Boshqa yangiliklar