Davlat test markazi abiturientlarning qiziqishlari, talab va ehtiyojlarini hisobga olib, oliy ta`lim muassasalarida qabul qilingan hujjatlar (arizalar) to`g`risida ma`lumotlarni bilib olishni yo`lga qo`ydi.
Endilikda oliy ta`lim muassasalariga bormasdan qaysi oliy ta`lim muassasasiga va qaysi ta`lim yo`nalishiga qancha ariza topshirilganligi haqidagi ma`lumotlar bilan muntazam tanishib borish mumkin.
Buning uchun dtm.uz saytining bosh sahifasidan "Abituriyent — 2018" bo`limiga kirib yoki ushbu matn oxirida keltirilgan havola tugmasini bosish orqali hududni va ro`yxatdan oliy ta`lim muassasasini tanlangan.
Bunda qiziquvchilarga izga oliy ta`lim muassasasi va ta`lim yo`nalishlari kesimida qabul rejasi hamda qabul qilingan arizalar soni to`g`risida ma`lumotlar (jadval) taqdim etadi.






