AsosiyJamiyat

O`zbekistonga elektromobilni boj to`lovisiz olib kirishga ruxsat beriladi

'O`zbekistonga elektromobilni boj to`lovisiz olib kirishga ruxsat beriladi'ning rasmi

O`zbekistonga olib kelinayotgan elektromobil bojxona to`lovidan ozod etilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoev imzolagan Tashqi iqtisodiy faoliyatni va bojxona-tarif tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida" gi qarorining ilovasida aytilgan.

Unga ko`ra, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab O`zbekistonga olib kelinayotgan 700dan ortiq mahsulotlar uchun yangi boj stavkalari kamaytirilgan.

Xususan, faqat elektr quvvati bilan harakatlanadigan transport vositalari uchun, TN VED kodi 870380, boj stavkasi "0" miqdorida belgilangan.

Ayni damda amal qilayotgan bojxona tarifida ushbu kodga doir mahsulotlar uchun stavkalar keltirilmagan. Yangi bojxona stavkalarini muhokama qilish vaqtida elektromobillar uchun 10% stavka qo`yish taklif qilingan edi, lekin yakuniy hujjatda bu taklif inobatga olinmagan.

    Boshqa yangiliklar