Meksika terma jamoasi Rossiyada davom etayotgan JCh-2018dagi ishtirokini yakunladi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Shimoliy Amerika jamoasi nimchorak final uchrashuvida Janubiy Amerika vakili Braziliya terma jamoasiga imkoniyatni boy (0:2) berib qo`yishdi. Bu bilan meksikaliklar qatorasiga ettinchi mundialda ham 1/8 finaldan o`ta olishmadi.
Ma`lumot uchun, Meksika terma jamoasi so`nggi bor 1986 yilgi jahon chempionatida 1/4 finalda o`ynashgan edi. 1990 yilgi mundialni esa ular diskvalifikasiya sabab o`tkazib yuborishgandi.






