Meksikada bo`lib o`tgan prezident saylovlarida so`l kuchlar nomzodi Andres Manuel Lopes Obrador g`alaba qozongan, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Hisob-kitoblarga ko`ra, Manuel Lopes Obrador umumiy ovozlarning 53 foizini to`plab o`z raqiblridan o`zib ketgan. U “Tarixni birga yaratamiz” koalisiyasi nomzodi hisoblanadi. Qolgan 3 nafar nomzodlar “Meksika uchun fuqarolik fronti” koalisiyasi nomzodi Rikardo Anayya, “Barchasi Meksika uchun” koalisiyasi nomzodi Xose Antonio Mid va mustaqil nomzod Xayme Rodriges Kalderon Manuel Lopes Obradorni ishonchli g`alaba bilan tabriklab unga omad tilashgan. 6 yillik muddatga saylangan prezident dekabr oyidan rasman lavozimga kirishadi. Hozirda Poytaxt Mexiko bo`ylab uning g`alabasi nishonlanmoqda.
Mamlakatda ovoz berish jarayoni vaqtida 157 mingga yaqin saylov uchastkasi tashkil etildi. Saylovni 30 mingga yaqin mahalliy va 900 dan ortiq xorijiy kuzatuvchilar kuzatib borgan.






