AsosiyDunyo

Hindistonda yirik YTH oqibatida 48 kishi hayotdan ko`z yumdi

'Hindistonda yirik YTH oqibatida 48 kishi hayotdan ko`z yumdi'ning rasmi

Hindistonda yirik YTH yuz berdi, deya xabar bermoqda Rambler nashri.

Baxtsiz hodisa oqibatida 48 nafar inson hayotdan ko`z yumdi.

Voqea Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatida ro`y berdi. Yo`lovchi avtobus haydovchisi tezlikni me`yoridan oshirishi oqibatida transport vositasi jarlikka qulagan. Bundan tashqari, uning bortidagi yo`lovchilar soni ham haddan tashqari ko`p bo`lgan. O`rindiqlar soni 28 ta bo`lib, halokat vaqtida avtobusda 60 dan ortiq kishi borligi aniqlandi. 48 nafar qurbondan tashqari yana 12 kishi og`ir jarohat olgani xabar qilinmoqda.

Hozirda yaralanganlar shifoxonada bo`lib,ularning hayoti xavf ostida ekanligi xabar qilingan. Ular orasida avtobus haydovchisi ham bor. Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, Hindistonda har yili YTH natijasida 150 ming kishi halok bo`ladi. Bunga yo`llarning yomonligi, transport vositalarining eskirgani va boshqaruvdagi xatolar sababdir.

    Boshqa yangiliklar