Hindistonda ikki erkak er uchastka kimga tegishli ekanini aniqlolmay janjallashib qolishdi, deb ma`lum qilmoqda Layf nashri.
Shundan so`ng ular sudga murojaat etishgan. Sud esa er faqat bir kishiga tegishli ekanini belgilab bergan. Bunga ko`nmagan ikkinchi tomon aqldan ozayozgan.
Video kadrlaridan ko`rish mumkinki, er egasi traktor haydamoqda, raqibi esa keksa onasini sudrab traktor tagiga tashlagan. Sharti ketib, parti qolgan onaning qo`lidan hech narsa kelmagan.
Shundan so`ng polisiyaga xabar berilgach, battol o`g`il keksa onasiga shafqatsizlarcha munosabatda ayblandi.






