Ravon R2 avtomobili Rossiyaga import qilinadigan eng arzon brend ekanligi ma`lum bo`ldi. Uning boshlang`ich bahosi 439 ming rubl (6,9 ming AQSh dollari).
Bu Daily Motor tomonidan o`tkazilgan monitoringda ma`lum bo`ldi, deb yozmoqda "Xalq" so`zi nashri.
Ushbu ro`yxatda ikkinchi ko`rsatkich ham O`zbekistonda ishlab chiqarilgan Ravon Nexia (boshlang`ich qiymati 449 ming rubl yoki 7,1 ming AQSh dollari)ga tegishli bo`ldi. Arzonligi bo`yicha uchinchi o`rin Xitoyning Brilliance H230 (459 ming rubl yoki 7,3 ming dollar) markasiga nasib etdi.






