AsosiyDunyo

Hindistonda maktab avtobusi daraga quladi

'Hindistonda maktab avtobusi daraga quladi'ning rasmi

Bugun Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida maktab o`quvchilari bo`lgan avtobus daraga qulab tushdi.

Qayd etilishicha, Chartxaval okrugida sodir bo`lgan yo`l transport hodisasida 6 nafar o`quvchi turli darajada jarohat olgan. Hozirda jarbrlanganlarning bari shifoxonalarga etkazilgan bo`lib, YTH sabablari o`rganilmoqda.

Eslatib o`tamiz, yakshanba kunida Hindistonning Uttaraxand shtatida mamlakat yaqin tarixidagi eng yirik yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi. 50 yo`lovchini olib ketayotgan avtobus chuqurligi 200 metr bo`lgan jarga tushib ketgan. Oqibatda 45 kishi voqea joyida halok bo`lgan, biroz vaqt o`tib yana 2 nafar yo`lovchi jiddiy jarohatlar tufayli hayotdan ko`z yumgan. Mazkur YTH sabablari ham noma`lumligicha qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar