AsosiyJamiyat

Xorijiy sport maktablar, klublar, markazlar bilan hamkorlik kuchaytiriladi

'Xorijiy sport maktablar, klublar, markazlar bilan hamkorlik kuchaytiriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Olimpiya qo`mitasi huzuridagi sportchilarning olimpiya tayyorgarligi markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan Samarqand viloyatidagi olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o`tkazish markazi, Toshkent, Jizzax, Namangan, Qashqadaryo viloyatlaridagi olimpiya tayyorgarligi markazlarining asosiy vazifalari belgilab berildi.

Bunda, xalqaro miqyosda O`zbekiston manfaatlarini himoya qilishga qodir sportchilarni tayyorlash, sportchilarni tayyorlash uchun xalqaro standartlarga javob beradigan moddiy-texnik bazani shakllantirish, milliy terma jamoa sportchilarini markazlashtirilgan tartibda tayyorgarlik ko`rishini ta`minlash xorijiy sport maktablar, klublar, markazlar bilan hamkorlikni kuchaytirish kabilar markazlarning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.

    Boshqa yangiliklar