AsosiyJamiyat

Nega propan narxi 2 barobarga qimmatlashdi?

'Nega propan narxi 2 barobarga qimmatlashdi?'ning rasmi

Joriy yilning iyun oyida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining 0,8 foizga qimmatlashishi umumiy iste`mol narxlari indeksi (INI)ning 0,3 foiz darajada oshishiga olib keldi.

Avtomobillar uchun yoqilg`i hamda qurilish materiallaridan tashqari ushbu guruhning asosiy turdagi mahsulotlari narxlari orasida sezilarli o`zgarishlar kuzatilmadi.

2018 yilning iyun oyida asosiy turdagi nooziq-ovqat mahsulotlari guruhlarining iste`mol narxlari indeksi

(o`tgan oyga nisbatan, %)

photo5318955613708986689.jpg

Aholi uchun avtomobillarga gaz to`ldirish shahobchalari orqali sotilayotgan propan narxining qimmatlashishi asosiy turdagi nooziq-ovqat mahsulotlar guruhi indeksining ko`tarilishida asosiy ta`sir omili sifatida qayd etilgan.

Respublika bo`yicha oy davomida ushbu mahsulotning narxi o`rtacha 63,3 foizga qimmatlashdi. Mamlakatning ba`zi hududlarida uning narxi 2 barobar va undan yuqori darajada ham qimmatlashgan (Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari shular jumlasidandir). Birjadagi kotirovka narxlari hamda yoqilg`i-moylash materiallari bozorida shakllanayotgan holatlar propan narxlari darajasining sezilarli darajada qimmatlashishiga o`z ta`sirini o`tkazdi.

Qurilish materiallari narxlari oy davomida o`rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. Sement va gulqog`ozning narxi guruh tarkibidagi boshqa mahsulotlarga nisbatan birmuncha sezilarli darajada qimmatlashdi. Bu haqida Davlat statistika Qo`mitasi ma`lum qildi.

2018 yilning iyun oyida asosiy turdagi qurilish materiallari guruhlarining iste`mol narxlari indeksi

(o`tgan oyga nisbatan, %)

photo5318955613708986690.jpgphoto5318955613708986691.jpg

    Boshqa yangiliklar