AsosiyJamiyat

Jahongir Ortiqxo`jaev deputat etib saylandi

'Jahongir Ortiqxo`jaev deputat etib saylandi'ning rasmi

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo`jaev xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga deputat etib saylandi. Bu haqda xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zayniddinov «Facebook»dagi sahifasida xabar bergan.

Avvalroq Jahongir Ortiqxo`jaevning nomzodi O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan deputatlikka ilgari surilgani haqida xabar bergan edik.

1 iyul kuni bo`lib o`tgan saylovda Jahongir Ortiqxo`jaev «O‘zLiDep» partiyasidan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga deputat etib saylandi.

    Boshqa yangiliklar