AsosiyJamiyat

Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

'Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumatning 2018 yil 28 iyundagi qarori bilan 2018-2019 yillarda Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qabul qilingan dastur quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • dasturning asosiy yo`nalishlari va umumlashtirilgan ko`rsatkichlari;
  • sanoatni rivojlantirish bo`yicha tadbirkorlik loyihalari manzilli ro`yxati;
  • qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlarini rivojlantirish bo`yicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli ro`yxati;
  • xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish bo`yicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli ro`yxati;
  • muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari va irrigasiya tizimini yanada rivojlantirish tadbirlari;
  • ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini yanada yaxshilash tadbirlari;
  • ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa ijtimoiy soha ob`ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta`mirlash tadbirlari;
  • respublika va mahalliy byudjet mablag`laridan qo`shimcha ravishda moliyalashtiriladigan tadbirlar.

Dastur doirasida sanoatni rivojlantirish bo`yicha qiymati 4 mlrd so`mdan ortiq bo`lgan 203 ta, qishloq xo`jaligini asosiy tarmoqlarini rivojlantirish bo`yicha qiymati 1 mlrd so`mdan ortiq bo`lgan 130 loyihalar amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar