Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida 30 iyun kuni Xorazm viloyati Shovot tumanida ro`yxatda turuvchi ayol B.B. Nurobod mahallasida joylashgan dala shiyponida o`zaro janjal oqibatida Chinoz tumanida yashovchi rasmiy nikohsiz turmush o`rtog`i N.B.ning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat etkazgan va voqea joyidan yashiringan.
Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Hozirda ayolni ushlash choralari ko`rilgan.






