AsosiySport

Daniel Subashich JCh tarixiga kirdi

'Daniel Subashich JCh tarixiga kirdi'ning rasmi

Aynan Subashich Xorvatiya terma jamoasini chorak finalga olib chiqdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Daniya bilan o`yindan keyingi penaltilar seriyasida Xorvatiya termasi darvozaboni Daniel Subashich 3 ta penaltini qaytarishga erishdi. 33 yoshli darvozabon Kristian Eriksen, Lasse Shone va Nikolay Yorgensenning zarbasini bartaraf etdi.

Bungacha mudial tarixida portugaliyalik Rikardu shunday natijani qayd etgandi. Rikardu 2006 yilda Angliyaga qarshi o`yindan keyingi lotereyada 3 ta zarbani bartaraf etgan edi. Subashich bu borada ikkinchi darvozabon sifatida mundial tarixidan joy oldi.

Boshqa yangiliklar