Florida shtatidagi Apopka qo`riqxonasi ko`lida ulkan alligator o`zidan kichikroq timsohni yutib yubordi, deb xabar qildi Daily Mail nashri.
Botqoqlikda ikki timsoh og`izlarini katta-katta ochib, anchagacha olishishgan. Nihoyat, alligator kichik timsohni yarmigacha yutib, ko`lga olib tushib ketgan.






