Qozog`istonda bir ayol bolalar shimidan “Yordam bering, men qullikdaman”, degan yozuvni topib oldi, deb xabar berdi NewTimes.kz nashri.
Voqea Jambul viloyatida bo`lib o`tgan. Ayolning so`zlariga ko`ra, yozuv shimning rezinkasidan topilgan.
“Yordam bering, men qullikdaman, Lebedinovka tumani”, deyiladi matnda.
Ushbu videorolik viloyat IIB tomonidan o`rganilmoqda.






