AsosiyJamiyat

Pensiyaga chiqish yoshi o`zgardimi?

'Pensiyaga chiqish yoshi o`zgardimi?'ning rasmi

Mish-mishlarning kelib chiqishiga Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi ishlab chiqqan “Davlat pensiya ta`minoti tizimini isloh etish konsepsiyasi” loyihasining ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamasi sabab bo`ldi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, erkaklar 60 yoshga to`lganda va ish staji kamida 25 yil bo`lgan taqdirda hamda ayollar 55 yoshga to`lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo`lgan taqdirda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo`ladilar, deb ma`lumot bermoqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali.

Shunga ko`ra, pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo`lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi (bunda kamida 7 yil ish staji mavjud bo`lishi kerak).

Yuqoridagi kabi mish-mishlarning kelib chiqishiga Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi ishlab chiqqan “Davlat pensiya ta`minoti tizimini isloh etish konsepsiyasi” loyihasining ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamasi sabab bo`ldi.

Loyihalar hech qanaqa yuridik kuchga ega emas.

Pensiya yoshiga oid qonunchilik o`zgarganda bu haqda ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar