AsosiyJamiyat

Toshkent shahri bekatlaridagi barcha marketlar yopiladi

'Toshkent shahri bekatlaridagi barcha marketlar yopiladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo`jaev Toshkent shahar yoshlar markazida bo`lib o`tgan yoshlar uchrashuvda bu haqda aytib o`tdi, yozmoqda O`zA.

U, avvalo, poytaxtimiz yoshlarini mamlakatimizda birinchi marta nishonlanayotgan bayram – Yoshlar kuni bilan chin qalbdan samimiy tabrikladi. Shundan so`ng yoshlar bilan samimiy muloqotga kirishib, ularning fikrlari, takliflari, iltimoslarini tingladi.

Yoshlar vakillaridan birining poytaxtda joylashgan bekatlarda yoshlar kutubxonasi, wi-fi hududlari va boshqa imkoniyatlarga ega kichik yoshlar markazi tashkil etish loyihasini tinglar ekan, shunday javob qaytardi.

– Buni bekatlardan boshqa erda tashkil etsak maqsadga muvofiq, chunki bekat transportlar, avtobuslar to`xtashi uchun. Ko`pchilik «do`kon» qurmoqda natijada avtomoshinalar to`xtab, jamoat transportlari harkatiga xalaqit qilmoqda. Yaqin kunlarda bekatlarda do`kon bo`lmaydi. Bekat bekatligicha qoladi, – dedi Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.Ortiqxo`jaev.

    Boshqa yangiliklar