AsosiyDunyo

12 yoshli o`smir dengizni zabt etdi

'12 yoshli o`smir dengizni zabt etdi'ning rasmi

Fransiyalik dengizchi Tom Goron Shimoliy dengizni qayiqda kesib o`tib rekord darajani o`rnatdi. Qiziqarlisi shundaki, dengizchi bor yo`g`i 12 yoshda, deb xabar bermoqda Layf nashri.

12 yoshli Tom Goron Shimoliy dengizni kesib o`tishga qaror qilganida otasi unga shu qayig`ini berib o`g`liga omad tilagan. U bir kishilik qayiqda dengizni 14 soatu 20 daqiqada bosib o`tdi. Tom Goron soatiga 7.76 km. tezlikda harakatlandi. U dengizda bo`lgan chog`ida ob-havo o`zgargan. Biroq hech qanday to`fonlar kuzatilmadi.

Fransiya shimolidagi Cherbourg shahrida uni oila az`olari, ko`p sonli qo`llab-quvvatlovchilar hamda OAV xodimlari kutib olishgan. Dunyo rekordini o`rnatgan Tom o`zini juda yaxshi his qilmoqda. Goron 8 yoshidan beri ochiq dengizda otasi bilan suzadi. U 2006 yilda mamlakatda suzish bo`yicha birinchi o`rinni qo`lga kiritgan.

    Boshqa yangiliklar