28 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida jinoyat sodir etildi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Guliston mahallasida yashovchi A.R. shu mahallada yashagan qaynakasi 1-guruh nogironi B.H.ning uyida o`zaro janjal oqibatida uning boshiga yog`och bo`lagi va obdasta bilan urishi natijada B.H. voqea joyida halok bo`lgan. A.R. ushlangan.






