AsosiySiyosat

Davlatimiz rahbari «Olmazor city»ni barpo etish loyihasini ma`qulladi

'Davlatimiz rahbari «Olmazor city»ni barpo etish loyihasini ma`qulladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Talabalar shaharchasidagi madaniyat saroyida Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi.

Olmazor tumanining yangi markazi - «Olmazor city»ni barpo etish loyihasi taqdimoti o`tkazildi. Yangi Olmazor ko`chasi va Kichik halqa yo`li o`rtasidagi 24 gektardan ziyod hududda barpo etiladigan ushbu mavzeda ma`muriy binolar, ko`p qavatli uylar, zamonaviy biznes markaz, mehmonxona va xiyobon, ta`lim va tibbiyot muassasalari qurish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari loyiha taklifini ma`qulladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yoshlar bilan ishlash, sanoat va turizmni rivojlantirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi. Tumandagi bo`sh turgan binolarni inventarizasiyadan o`tkazish, xorijiy investisiyalar va texnologiyalar olib kelish, odamlarga ish o`rinlari yaratish zarurligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar