Oliy Majlis Senatining o`n beshinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kunida senatorlar to`ylarni tartibga solish bo`yicha taklif etilayotgan normalar bo`yicha bir qarorga keldi, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.
Unga ko`ra, senatorlar xalqimizning milliy urf-odatlari, hududlarning o`ziga xosligidan kelib chiqib, senatorlar to`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilishi borasida yagona, qat`iy normalar belgilanishi maqsudga muvofiq emas, degan xulosaga kelishgan.
Qayd etilishicha, xalqimiz xohish-irodasi to`y-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham o`tkazishni yo`lga qo`yishga muayyan me`yoriy hujjat bilan emas, odamlar o`rtasida keng ko`lamli targ`ibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish har jihatdan foydali ekanini ko`rsatgan.
Senatorlarning fikricha, oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlar asosida, kamxarj, dabdabalardan xoli o`tkazishni keng jamoatchilik va har bir inson ongli ravishda anglab etmog`i lozim.






