Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi viloyat sudi mahalliy fuqaro Uinston Blekmorga nisbatan 24 ta ayolga uylangani uchun jazo tayinladi, deb xabar berdi knews nashri.
Sud qaroriga binoan Blekmor 6 oy mobaynida uy qamog`ida saqlanadi. Shu bilan birga unga 150 soat jamoat ishlariga jalb etish jazosi ham qo`llanadi.
Blekmor birinchi marta 1975 yilda uylangan. 61 yoshli Blekmorning xotinlaridan 4 tasi nikoh paytida 15 yoshda bo`lgan. Uning barcha ayolidan 149 nafar farzandi bor.
Ta`kidlash joiz, kanadalik Blekmor Muqaddas Iso Masih Mormon fundamental cherkovi a`zosi bo`lgani uchun oldin javobgarlikka tortilmagan. Chunki, u erda oldin ko`pxotinlik qadriyatlari saqlanib qolingan edi. Bu bilan uning din erkinligi e`tiqodiga qarshi chiqishgan bo`lishardi.






