30 iyun – O`zbekistonda Yoshlar kuni munosabati bilan respublikaning barcha hududlarida yoshlar ishtirokidagi turli tadbirlar davom etmoqda.
Navoiy viloyat Uchquduq tumanida bo`lib o`tgan tadbirlarda ishtirok etgan mehmonlar tumanda yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Yoshlarning yuzidagi tabassum, ulardagi bayram kayfiyati va shukronalik hissini ko`rib, bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati nechog`lik to`g`ri ekanligiga amin bo`lasan, kishi.








