2018 yil 29 iyun kuni soat 10 da Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o`n beshinchi yalpi majlisining ikkinchi ish kuni boshlandi.
Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Oliy Majlis Senati raisi N.Yo`ldoshev boshqarayotgan yalpi majlis birinchi ish kunida 13 masala, jumladan 10 qonun muhokama etildi va senatorlar tomonidan ma`qullandi.
Shuningdek, O`zbekiston Bosh prokurori, Hisob palatasi raisining o`rinbosari va Ichki ishlar vazirining hisobotlari eshitildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Majlisning ikkinchi ish kunida yana o`nga yaqin masala ko`rib chiqiladi. Ular orasida Tashqi ishlar vazirining axboroti, “To`y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma`raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazilishini tartibga solish to`g`risida”gi Senat qarori, Bosh vazirga yuborilgan parlament so`rovlari natijalari, shuningdek sud va tashqi ishlar faoliyatiga aloqador va boshqa masalalar ko`rib chiqiladi.
Yalpi majlisda ko`rib chiqiladigan barcha masalalar haqidagi onlayn axborotlarni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.






