AsosiyJamiyat

«O`zavtosanoat»ning sobiq rahbari kompaniyaga qaytdi

'«O`zavtosanoat»ning sobiq rahbari kompaniyaga qaytdi'ning rasmi

Umidjan Zokirjonovich Salimov «O`zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining rivojlantirish va marketing bo`yicha o`rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qayd etish lozim, o`rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, tarmoqda yagona ilmiy-texnika va investisiya siyosatini o`tkazish «O`zavtosanoat» AJning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Eslatib o`tamiz, Shavkat Mirziyoevning 26 iyun kuni avtomobil sanoatida joriy yil uchun belgilangan ishlab chiqarish va eksport ko`rsatkichlarini ta`minlash, tarmoqning rivojlanish istiqbollarini belgilash masalalariga bag`ishlangan yig`ilishida Umidjon Salimovni lavozimidan ozod etish haqidagi qaror qabul qilingandi.

    Boshqa yangiliklar