"Real" rahbariyati futbolchi Krishtianu Ronalduning tovon pulini tushirdi.
Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda. Oldinroq portugaliyalikning tovon puli bir milliard evro deb ko`rsatilayotgani borasida ma`lumotlar berilgandi. Uning narxi 120 mln evro qilib belgilandi. Hozirda uning xizmatlariga PSJ va "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo`lmoqda.
Olamsport nashri xabariga ko`ra, Ronaldu ayni damda Portugaliya termasi bilan JCh o`yinlarida ishtirok etmoqda.






