AsosiySport

Kolumbiya peshqadam, Yaponiya esa pley-offga yo`l olgan Osiyoning yagona vakili

'Kolumbiya peshqadam, Yaponiya esa pley-offga yo`l olgan Osiyoning yagona vakili'ning rasmi

Rossiyada davom etayotgan JCh-2018 doirasidagi "H" guruhidan o`rin olgan 3-tur o`yinlariga yakun yasaldi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Ushbu "kvartet"da juda qiziq holat kuzatildi. Kolumbiya Senegalni yutib o`z ochkolari sonini 6taga etkazdi va guruhda peshqadam bo`ldi. Yaponiya esa mundialni muddatidan avval tark etgan Polshaga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa Senegal va Yaponiya to`plagan ochkolar (4) bir xil ko`rinishga keldi. Qizig`i, ushbu jamoalarning to`plar nisbati va kiritgan gollari soni ham (4tadan) bir xil bo`ldi.

FIFA qoidasiga ko`ra, jamoalarning ochkolari, to`plar nisbati, kiritgan gollari soni, o`zaro o`yini (durang) teng bo`lib qolsa, unda "Fair play" amal qiladi. Ya`ni qaysi jamoada ogohlantirishlar soni kam bo`lsa, o`sha jamoa jadvalda yuqorilaydi.

Yaponiya esa Senegalga nisbatan kam kartochka olgani ularga qo`l keldi va nimchorak finalga yo`l olishdi. Senegal esa mundialni guruh bosichida yakunlashiga to`g`ri keldi. Polsha esa o`z uyiga 3 ochko bilan qaytadigan bo`ldi.

Boshqa yangiliklar