Kolumbiyada tinimsiz yog`ingarchilik sabab kelib chiqqan suv toshqinlari oqibatida yuzdan ortiq uylar butunlay suv ostida qoldi, deb xabar berdi Vesti nashri.
Kolumbiyada joylashgan Orinako va Meta daryolari yog`ingarchilik tufayli o`zanidan toshib chiqdi va atrofdagi barcha narsani yuvib ketdi. Puerto Karreno shahrida taxminan 5000 kishi yordamga muhtoj ahvolda qolgan. Hukumat tomonidan aholini evakuasiya qilish va boshpana bilan ta`minlash ishlari boshlangan. Odamlar suvga g`arq bo`lib borayotgan uylaridan kerakli buyumlarini olishga urinishmoqda. Barcha jarayonlarni shahar hokimi Markos Peros nazorat qilib bormoqda.
Qutqaruv ishlariga dengiz kuchlari, harbiylar, o`t o`chiruvchilar hamda polisiya jalb etilgan. Ko`ngillilar va Xalqaro qizil xoch tashkiloti ham yordamga kelgan. Butun shahar aholisi uchun joy etarli emas. Shunga qaramay, ular shahardan olib chiqilgan.
Xavfsizlik uchun ko`rilayotgan barcha choralarga qaramay, tabiiy ofat qurbonlari bor. Biroq ularning aniq soni ma`lum qilinmagan. Mahalliy ma`murlar mintaqaga yordam ko`rsatilishini so`rashmoqda. Kolumbiyada yomg`irlar mavsumi hali bir necha hafta davom etishi mumkin.






