AQShning Gavai shtatidagi Xarbon –Xikam harbiy dengiz bazasiga dunyoning turli davlatlaridan dengiz mashqlarini o`tash uchun harbiy kemalar kelishdi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Bu erga jahonning 25 ta mamlakatidan 45 dan ortiq kema va suv osti kemalari etib kelgan. Ular bir qancha muddat davomida dunyo okeanlari xavfsizligini ta`minlash uchun mashg`ulot olib borishadi.






