AsosiyJamiyat

O`zOAVMA Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi

'O`zOAVMA Boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist, O`zOAVMA Boshqaruvi raisi, O`zbekistonda ilk nodavlat telekompaniyaga asos solgan Firdavs Abduxoliqov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

O`zbekiston hududida joylashgan arxitektura yodgorliklari, epigrafik yozuvlarga bag`ishlangan bir necha tomlik kitoblar, maqolalar Uzbekistan Today tomonidan amalga oshirilgan eng muhim media loyihalardan biri bo`ldi. Shuni ta`kidlash joizki, mazkur tadbir hali islom dunyosidagi birorta mamlakatda o`tkazilmagan edi. “O`zbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” xalqaro Ikkinchi kongressi doirasida loyihaning “O`zbekiston arxitekturasi epigrafikasi” kitob-albomi xalqaro ilmiy hamjamiyatda katta qiziqish uyg`otdi. Chet ellik olimlar va san`atshunoslarning fikricha, beminnat tarqatilgankitoblar, bunday loyihaning amalga oshirilishi ilmiy-tadqiqot sohasida mislsiz tashabbus bo`ldi.

Ma`lumot uchun:

Firdavs Abduxoliqov 2007 yilda "Uzbekistan Today" AA tahririy kengashi raisligiga saylandi, shu bilan birga u Rossiya telekanallari bilan hamkorlikda suratga olingan “O`zbekiston qumliklar durdonasi”, “Qumliklar vaqti aro”, “O`zbekiston: yangi kashfiyotlar” kabi 20 dan ortiq hujjatli filmlarning muallifi va prodyuseri, 30 dan ortiq ijodiy media loyihalarning rahbari hisoblanadi. Milliy media loyihalardan “O`zbekiston arxitekturasi epigrafikasi” (13 tomlik), “Mustaqil O`zbekiston ustalari”, Registon maydonida 3D formatida namoyish etilgan “O`zbekiston madaniy merosi – bashariyat mulki” kabi chiroq-musiqali namoyishlarga prodyuserlik qilgan.

Firdavs Abduxoliqov turli davlatlardan kelgan 400 dan ortiq olimlarni birlashtirgan “O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” xalqaro eksklyuziv multimedia loyihasi muallifi va rahbari sifatida ham yaxshi tanilgan. Mazkur loyiha doirasida 15 ta kitob-albom va 20 dan ortiq hujjatli filmlar yaratilgan. 2018 yilning iyun oyida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o`tkazilgan xalqaro Ikkinchi kongressda 30 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan olimlar uni bir ovozdan O`zbekiston madaniy merosi xalqaro hamjamiyati Boshqaruvi raisligiga saylashdi.

    Boshqa yangiliklar