AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vazirligi rahbar lavozimlarga ishga taklif etadi!

'Xalq ta`limi vazirligi  rahbar lavozimlarga ishga taklif etadi!'ning rasmi

Mamlakat kelajagi bo`lgan barkamol avlod taqdiriga befarq emasmisiz? Unda Xalq ta`limi vazirligi jamoasiga qo`shiling!

Muhtaram Prezidentimiz o`qituvchining jamiyatdagi obro`sini oshirish va maktab ta`limini rivojlantirish maqsadida Xalq ta`limi vazirligini eng muhim vazirliklardan biriga aylantirishni har tomonlama qo`llab-quvvatlamoqda.

Xalq ta`limi vazirligi tizimni tubdan isloh qilish maqsadida maktab ta`limini yuksaltirishda aniq takliflarga ega bo`lgan shijoatli, zamonaviy fikrlaydigan va eng muhimi yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga befarq bo`lmagan yurtdoshlarimizni rahbar lavozimlarga taklif etadi.

Ma`lumotlar hr@xtv.uz elektron pochtasiga yuborilishi kerak.

Nomzodlar xatda quyidagi ma`lumotlarni ko`rsatadilar:

1. Ismi sharifi;

2. Yashash manzili;

3. Bog`lanish uchun ma`lumotlar (telefon, e-mail, telegram);

4. Siz tizimdagi qaysi bo`g`inni rivojlantira olaman deb o`ylaysiz? (vazirlik markaziy apparati bo`linmalari, viloyat boshqarmalari, tuman(shahar) bo`limlari, ta`lim muassasasi rahbarlari lavozimiga);

5. Shu lavozimga nega aynan Siz munosibsiz (100 tagacha so`z)?

Xatga, albatta, CV yoki shaxsiy ma`lumotnoma hamda 3x4 xajmdagi rasm ilova qilinishi kerak.

    Boshqa yangiliklar