27 iyun kuni Pop-musiqa yulduzi Maykl Jeksonning otasi Jozef Jekson Los-Anjelesda vafot etdi. Bu haqda TMZ nashri xabar berdi.
Iyun oyining boshida Jo Jekson saratonning so`nggi bosqichi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. U 89 yoshida oilasi, farzandlari va nevaralari qurshovida olamdan ko`z yumdi.
Uning 10ta farzandni bor edi. Farzandlarning deyarli barchasi musiqachi.
1960-yillarning boshida Jo Jekson o`g`illari tarkibidan tashkil etilgan "Jackson 5" musiqa guruhining menenjeri sifatida ish boshlagan. Maykl Jeksonning aytgan so`zlariga qaraganda otasi juda qattiqqo`l va talabchan bo`lgan. Shu bois, musiqa olamida barcha farzandlar o`z o`rnini topgan.






