AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi tangalar muomalaga chiqariladi (foto)

'O`zbekistonda yangi tangalar muomalaga chiqariladi (foto)'ning rasmi

O`zbekiston Markaziy banki 2 iyuldan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so`mlik tangalar muomalaga chiqarilshini e`lon qildi.

Moneta dostoinstvom 50 sum50 so`mlik tanga pul

Tanga pullar muomalaga chiqarilishi bilan eski namunadagi 50 va 100 so`mlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so`mlik banknotlarini muomaladan qaytarib olish ko`zda tutilgan.

Moneta dostoinstvom 100 sum100 so`mlik tanga pul

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazildi.

Eski namunadagi pullarni muomaladan qaytarib olish tabiiy yo`l bilan, ya`ni bank kassalariga kelib tushgan ushbu tangalar va banknotlarni qayta muomalaga chiqarmaslik orqali amalga oshiriladi.

Moneta dostoinstvom 200 sum

200 so`mlik tanga pul

Bank xabariga ko`ra, eski namunadagi 50, 100 so`mlik tangalar banknotlar 2019 yilning 1 iyuliga qadar, 200 va 500 so`mlik banknotlar 2020 yilning 1 iyulga qadar muomalada qoladi.

Moneta dostoinstvom 500 sum

500 so`mlik tanga pul

Ushbu tangalar va banknotlar savdo, xizmat ko`rsatish va boshqa soha sub`ektlarining kunlik naqd pul tushumi sifatida bank kassalariga topshiriladi hamda qayta muomalaga chiqarilmaydi.

Aholi qo`lidagi eski namunadagi tangalar va banknotlarni bank filiallari orqali ham yangi namunadagi tangalarga almashtirib olishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar