Prezident Shavkat Mirziyoev «O`zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida»gi qarorni qabul qildi. Hujjat matni O`zA tomonidan keltirildi.
Unga ko`ra, quyidagilar O`zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash bo`yicha asosiy yo`nalishlar etib belgilandi:
- oila institutini mustahkamlashning institusional va huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
- zamonaviy oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari bo`yicha fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlar olib borish;
- demografik rivojlanishni rag`batlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish;
- oilaning tarbiyaviy-ta`lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda an`anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma`naviy-axloqiy muhitni yaxshilash;
- oilalarga ta`sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko`rsatishning samarali tizimini yaratish.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi A/RES/47/237-son rezolyusiyasi bilan e`lon qilingan Xalqaro oila kuni respublikaning barcha hududlarida har yili nishonlanadi.
«Oila» markazi respublikada 2019 yilda va keyingi yillarda Xalqaro oila kunini nishonlash to`g`risidagi hukumat farmoyishi loyihasini 2018 yil 1 sentyabrga qadar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.






