AsosiyJamiyat

“Mintaqamiz yoshlari fikr almashadigan hudud yaratilganidan xursandmiz”

'“Mintaqamiz yoshlari fikr almashadigan hudud yaratilganidan xursandmiz”'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o`tkazilayotgan Markaziy Osiyo Yoshlar Forumi o`z ishini Samarqand shahrida davom ettirmoqda. Qo`shni davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar hamda forumning yurtimizdagi ishtirokchilarini Samarqand shahri o`ziga xos mehmondo`stlik bilan kutib oldi.

Avvaliga shaharning diqqatga savzovor joylarini tomosha qilgan mehmonlar keyin Forumning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqand viloyat hokimiyati binosiga yig`ilishdi.

Tadbir qardosh xalqlar urf-odatlari, tabiat manzaralari va me`moriy yodgorliklari lavhalaridan tayyorlangan videorolik bilan boshlandi. Ochilish marosimida so`zga chiqqan O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Raisi Qahramon Quronboev ushbu Forum mintaqa yoshlarini birlashtiradigan, loyihalar, g`oyalarni muhokama qiladigan, ularni amalga oshirish chora-tadbirlari ko`riladigan g`udud bo`lishi kutilayotgani haqida gapirdi.

Shundan so`ng so`zga chiqqan Qozog`istonning “Jas Otan” yoshlar qanoti va “Nur Otan” partiyasi raisi Daniyar SundetbaevMarkaziy Osiyo yoshlarini birlashtirish uchun xuddi shunday platforma etishmayotgani va ushbu Forum ayni muddao bo`lganini ta`kidladi.

“Yoshlar forumlari Markaziy Osiyoning birlashib harakatlanishi hamda rivojlanishi uchun eng qulay vosita bo`ladi deb hisoblayman. Bugungi kunda mamlakatlarimiz rivojlanishi uchun biz birlashib harakatlanishimiz kerak. Qo`shnichilik munosabatlari har tomonlama yaxshi rivojlansagina mintaqamizda ham iqtisodiyoy, ham madaniy, ham ma`rifiy jihatdan rivojlanish bo`ladi”, - dedi o`z nutqida Daniyar Sundetbaev va Markaziy Osiyo Yoshlar Forumi tashkilotchilariga o`z minnatdoriligini bildirdi.

Ochilish marosimida Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmanistondan tashrif buyurgan vakillar ham so`zga chiqishdi va mintaqa yoshlarini birlashtiruvchi Forum tashkil etilganidan, qo`shni davlatlar yoshlari bir-birlari bilan bemalol muloqot qilishi va fikr almashishi uchun sharoit yaratilganidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Forum o`z ishida davom etadi. Jarayon va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari bilan tanishtirib boramiz.

Eslatib o`tamiz, Forum 26-30 iyun kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar