Rossiyada davom etayotgan mundialda "F" guruhi o`yinlari yakuniga etdi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
So`nggi turda Meksikani 3:1 hisobida mag`lub etgan Shvesiya guruhda birinchi bo`ldi. Meksikaliklar esa to`plar nisbatiga ko`ra ikkinchi o`rinni band etdi.
Osiyo vakili Janubiy Koreya to`plar nisbatiga ko`ra uchinchi o`rinni egalladi. Amaldagi Jahon chempioni Germaniya esa guruhda oxirgi o`rinni egalladi.







