“Mehnatkash dehqon” ko`krak nishoni bilan ekin maydonlari unumdorligini oshirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirayotgan dehqon xo`jaliklari rahbarlari, a`zolari , mirishkor dehqonlar va boshqa qishloq xo`jaligi sohasi xodimlari taqdirlanadilar. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar tarqatdi.
Ko`krak nishoni bilan taqdirlash bo`yicha takliflar tuman qishloq xo`jaligi bo`limi, fuqarolarni o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha tuman kengashi hamda mahalla fuqarolar yig`inlari bilan hamkorlikda tuman fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan shakllantiriladi.






