Prezidentning 27 iyundagi farmoni bilan mamlakatimizda demokratik qadriyatlar, so`z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitusiyaviy huquqlarini ta`minlash, aholiga xolis va haqqoniy axborot etkazish, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, modernizasiya jarayonlarini aholi o`rtasida keng targ`ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi munosib xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon va ordenlar bilan taqdirlandi:
“O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi”
Rashidov Asil – O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, tarjimon, publisist
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist”
Jalilov Norqobil Qodirovich – “XXI asr” gazetasi bosh muharriri
Mahmudov Farhodjon Shavkatovich – O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali bosh muharriri
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi”
Rahmonov Vahob – Adabiyotshunos, muharrir-noshir
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abduxalikov Firdavs Fridunovich – O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi boshqaruvi raisi
Alixonov Bobir Botirovich – O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi direktori
Vakilov Sherpulot Jo`raboevich – “Ovozi tojik” gazetasi bosh muharriri
Qo`chqorov Yunusali – Namangan tumani “Istiqlol” gazetasi muharriri
Haydarov Uyg`un To`ychievich – Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi bosh muhandisi
“Do`stlik” ordeni bilan
Abdijamilova Umit Saparbaevna – “Qoraqalpog`iston” telekanali Ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyati katta muharriri
Azimov Alisher To`xtasinovich – “Daryo.uz” veb-sayti bosh muharriri
Badalov Alisher Normatovich – O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi diktori
G`ulomov Shamshodbek Hamidovich – O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi boshqaruvi raisi o`rinbosari – bosh direktor
Leshinskaya Tatyana Vladislavovna – “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi qirquv dastgohlari mashinisti
Mahmudova Go`zal Qoraboevna – O`zbekiston Milliy axborot agentligi Tarjima tahririyati etakchi tarjimoni
Muhammadxonov Nodirxon Bahodirovich – O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali diktori
Nurmetova Zulayxa – Ellikqal`a tumani “Davr ko`zgusi” gazetasi bosh muharriri, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Hosilova Marusa Atoqulovna – “Tabiat va hayot” gazetasi muharriri, Navoiy viloyati
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ijtimoiy-siyosiy islohotlar, yangilanish va innovasiya jarayonlaridagi faol ishtiroki, ko`p yillik samarali mehnati, yosh avlodni ona yurtimizga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlandi:
“Shuhrat” medali bilan
Bagramov Stanislav Vladimirovich – O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali sharhlovchisi
Yomg`urova Guljahon Egamovna – Bo`ka tumani “Xalq ovozi” gazetasi bosh muharriri, Toshkent viloyati
Jo`raeva Barchinoy Musallamovna – O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali Madaniy-ma`rifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati bosh muharriri o`rinbosari
Jo`raev Nosirjon Jamoliddinovich – O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoir
Musaev Janibek Jambulovich – “UzReport” axborot agentligining “UzReport.news” veb-sayti muharriri
Ochilov Ahror Shukurullaevich – “Vatanparvar” gazetasi bo`lim mudiri
Samadov G`ulomjon Xursandovich – “Xalqaro Press-klub” nodavlat-notijorat tashkiloti bosh prodyuseri
Sulaymonov Asroljon G`afurovich – “O`zbekiston adabiyoti va san`ati” gazetasi mas`ul kotibi
Tojialiev Davronbek Rustamovich – “ziyouz.uz” veb-sayti bosh muharriri
To`ychieva Dono Oqilovna – G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi korrektori
Tursunov Zafar Rixsiboevich – “Radio Poytaxt” mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh muharriri
Umarova Nargiza Bahodirovna – “Yoshlar ovozi” gazetasi bosh muharriri o`rinbosari
Sharopov Abdullajon Turg`unovich – “Akademnashr NMM” nashriyoti bosh muharriri
Ermatov Azizjon G`anievich – Uchko`prik tumani “Yangi Farg`ona” gazetasi muharriri, Farg`ona viloyati
Yunusov Bahodir Maxsutovich – O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi bosh muharriri
Hasanov G`olib Matlabovich – “Zarafshon” – “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri o`rinbosari.






