28-29 iyun kunlari Toshkent shahridagi Inha universitetida bo`lib o`tadigan mazkur forumda mamlakatimizni rivojlantirishning istiqbolli strategiyasi muhokama qilinadi.
Tadbir «Buyuk kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti hamda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan tashkil etilmoqda. Unda turli vazirlik va idoralar mutasaddilari, ilmiy markazlar mutaxassislari, diplomatik korpus vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtiroki kutilmoqda.
Forumda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, aholi yashash darajasi va ijtimoiy muhofazani kuchaytirish, qishloq xo`jaligi, sanoat, issiqlik va elektr energiyasi majmuasi, infratuzilmani rivojlantirish, moliyaviy soha, innovasiyalar, o`rta va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, ilm-fan, turizm, madaniyat, ta`lim va inson kapitali kabi sohalardagi mavjud muammolar muhokama etiladi.
“Buyuk kelajak” tashkiloti O`zbekistonda tug`ilib, turli sabablarga ko`ra xorijda yashayotgan, tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz tomonidan tashkil etilib, joriy yil aprel oyida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida xalqaro nodavlat notijorat tashkilot sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan.
Mazkur tuzilma yurt rivoji uchun o`z hissasini qo`shishni maqsad qilgan, innovasion g`oyalarini mamlakatimiz sanoati va ishlab chiqarish, shuningdek, ilmiy sohada tatbiq etishni maqsad qilgan chet ellarda yashayotgan vatanparvar yurtdoshlarimizni o`z atrofiga birlashtiradi.
Forum ishtirokchilari orasida O`zbekiston respublikasi Prezidenti apparatining vakili Mavlonov B.U. “Buyuk kelajak” ekspertlar kengashi raisi Kalonov A.B. “Buyuk kelajak” vasiylik kengashi a`zosi Shodiev F.K. BMTning O`zbekistondagi doimiy koordinatori Freyzer X.lar bor.
Tashkilot faoliyati haqida batafsil quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: http://www.buyukkelajak.uz.
Forumning rasmiy homiysi – Xalqaro Shodiev fondi
“Buyuk kelajak” tashkilotining jamoatchilik bilan bog`lanish bo`limi.
Qo`shimcha ma`lumotlar olish uchun Nozima Davlatovaga murojaat etish mumkin:
+99897 7021227
Rasmiy telegram kanali






