AsosiyDunyo

Merkel Ispaniyaning yangi bosh vaziri bilan uchrashdi

'Merkel Ispaniyaning yangi bosh vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

Germaniya kansleri Angela Merkel Ispaniyaning yangi Bosh vaziri Pedro Sanchezni qabul qildi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Bu Pedro Sanchezniing lavozimini egallaganidan beri qilgan ilk rasmiy tashrifi hisoblanadi. Uchrashuv chog`ida migrasiya siyosati bo`yicha bir qator masalalar muhokama qilindi. Suhbat chog`ida ushbu masala Evropa iqtisodining barqarorligiga putur etkazayotgani ta`kidlangan.

Angela Markel 28-29 iyun kunlari bo`lib o`tadigan Evroittifoq rahbarlari sammiti oldidan migrantlarni qanday tarqatish bo`yicha biror kelishuvga kelish lozimligi qayd etdi. Berlinda o`tgan uchrashuvda, shuningdek, har ikkala mamlakatning siyosiy va iqtisodiy masalalri to`g`risida ham so`z bordi.

    Boshqa yangiliklar