Toshkent shahar IIBB YHXB Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati organlari tomonidan ro`yxatga olingan barcha jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarini majburiy texnik ko`rikka taqdim qilishni so`radi.
Shunga ko`ra:
- yuridik shaxslarga qarashli bo`lgan transport vositalarining texnik ko`rigi 1 mart kunidan - 30 iyun kuniga qadar;
- jismoniy shaxslarga qarashli bo`lgan transport vositalarining texnik ko`rigi 1 yanvar kunidan - 31 avgust kuniga qadar;
- tijorat asosida yo`lovchi tashish uchun foydalaniladigan engil avtomobillar, avtobus va mikroavtobuslar, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og`ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va tirkamalar – bir yilda ikki marotaba (1-bosqichi 1 mart kunidan 30 iyun kuniga qadar, 2-bosqich 1 sentyabr kunidan 30 oktyabr kuniga qadar) o`tkazilishi belgilangan.
Yuridik shaxsga tegishli transport vositalari Toshkent shahar Chilonzor tumani, Mehr ko`chasi, 56-uyda joylashgan YHX boshqarmasi binosida joylashgan Transport vositalarini texnik holati ustidan nazoratni tashkil etish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkaziladi.
Jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari:
1. Chilonzor, Uchtepa, Sergeli va Yakkasaroy tumanlari bo`yicha Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko`chasi, 118 «a»-uyda (tel:279-35-92) joylashgan 1-avtomobillarni diagnostika qilish stansiyasida;
2. Yunusobod, Mirzo Ulug`bek va Olmazor tumanlari bo`yicha Yunusobod tumani, TXAY ko`chasi, O.Zokirov 2«a»-uyda (Tel:222-94-43) joylashgan 2-avtomobillarni diagnostika qilish stansiyasida;
3. Mirobod, Yashnobod, Bektemir va Shayxontohur tumanlari bo`yicha Mirobod tumani, Vodil ko`chasi, 54-uyda (tel:283-21-03) joylashgan 3-avtomobillarni diagnostika qilish stansiyalarida o`tkaziladi.
Belgilangan muddatlarda majburiy texnik ko`rikka taqdim etilmagan holatlarda O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 125-moddasi 2-qismi bilan eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.






