Avval xabar qilganimizdek, Qozog`iston Respublikasi Turkiston oblasti, Tolebi tumanidan o`tuvchi «Olmaota-Toshkent-Termiz» avtomobil yo`lining 733-km.da «Mazda-626» rusumli d/r KZ 469 BMB 13 va mikroavtobus «Ssang Yong Istana» d/r KZ 506 SLA 13 avtomobil vositalarining to`qnashuvi oqibatida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
FVVning bergan rasmiy ma`lumotiga ko`ra, hodisa oqibatida O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 1 nafari voqea joyida vafot etgan, 4 nafari turli darajada tan jarohati olib, Chimkent shahar kasalxonasiga yotqizilgan.
Vafot etgan fuqaroning jasadi Chimkent shahar kasalxonasiga saqlanmoqda.
Hodisa yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Tezkor raqamlari» (+998 71) 147-10-50 ishga tushdi.
O`zbekiston Respublikasining Qozog`iston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi +7 727 291-06-44.






