27 iyun yurtimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Ayni vaqtda O`zbek milliy akademik drama teatrida ana shu sanaga bag`ishlangan tantanali marosim boshlandi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Unda vazirlik va idoralar, jamoat vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, oliy o`quv yurtlari jurnalistika fakultetlarining professor-o`qituvchilari va talabalari ishtirok etmoqda.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yo`llagan tabrigini Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov o`qib eshittirdi.
27.06.2018 05:50
Prezident jurnalistlarga tabrik yo`lladi






