"O`zavtosanoat" kompaniyasi boshqaruvi raisi Umidjon Salimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda «O`zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturi orqali xabar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev 26 iyun avtomobil sanoatida joriy yil uchun belgilangan ishlab chiqarish va eksport ko`rsatkichlarini ta`minlash, tarmoqning rivojlanish istiqbollarini belgilash masalalariga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazdi.
Unda avtomobil sanoati mamlakat iqtisodiyotida muhim o`rin tutishi, lekin keyingi paytlarda ishlab chiqarish va eksport hajmi kamaygani qayd etildi. Tarmoqning barcha darajadagi boshqaruvida korrupsiya, tovlamachilik, tanish-bilishchilik kabi illatlar tomir otib ketgani tanqid qilindi.
"O`zavtosanoat"ga avval Bosh prokuratura tizimida faoliyat ko`rsatgan Shavkat Umurzoqov rahbar etib tayinlandi.






