Buyuk Britaniyaning London shahrida ayni kunlarda yuqori havo harorati kuzatilmoqda, deya xabar berdi Segodnya.ua nashri.
Londanda bir necha kundan beri issiq ob-havo sharoiti hukm surmoqda. Meteorologiya markazi harorat 31 darajaga etganini xabar qilgan. Bu esa Buyuk Britaniya uchun eng yuqori daraja hisoblanadi. Poytaxt aholisi parklarda va favvora yaqinida vaqt o`tkazishga harakat qilishmoqda.
Kunlar issiq bo`lishiga qaramay, aholi yozning yuqori darajada boshlanganidan norozi emas. Aksincha, odamlar quyosh nurlaridan bahramand bo`lishmoqda. Ularning ta`kidlashicha, bu sovuqdan ko`ra yaxshiroq. Buyuk Britaniyada bahor oylari ham o`tgan yillarga qaraganda issiq kelgan edi. Bu kabi yuqori harorat Evropaning bir qator mamlakatlarida hukm surayotgani qayd etilgan.






