Nigeriyaning markaziy Barikin mintaqasida uyushtirilgan hujumlar oqibatida halok bo`lganlar soni 86 nafarga etdi, deya xabar bermoqda Vesti nashri.
Nigeriyaning birom elati yashovchi qishloqlarda dexqonlar va ko`chmanchi qabilalar o`rtasida to`qnashuv yuzaga kelgan. Polisiya bergan ma`lumotlarga qaraganda, avvaliga mahalliy fermerlar ko`chmanchilarga nisbatan zo`ravonlik qilishgan. Bunga javoban ko`chmanchilar ham qasd olish mavsadida ularga qurol bilan hujum qilishdi. Voqea sabab qishloqda yong`in kelib chiqqan. Natijada esa 50 dan ortiq uy kulga aylandi.
Bu kabi mojarolar shimoli-sharqiy mintaqalarida tobora avj olmoqda. Voqea sodir bo`lgan Barikin Ladida esa komendantlik soati e`lon qilingan.






